Oliy ta’lim muassasalarida “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil etiladi
2024-02-23 19:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda Prezident Administratsiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda “Qalqon” guruhi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, to‘garak va tadbirlar samaradorligi hamda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Sohadagi mavjud muammolarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida qator vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi tomonidan 1 oylik o‘quv kurslari tashkil etish;
“Axborot va murabbiylik soatlari”ni sifatli va mazmunli olib borish;
5 ta sport turi bo‘yicha 3 bosqichli “Talabalar ligasi”, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tajribasi asosida nogironligi bor talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga doimiy hamrohlik qilinishini tashkil etish maqsadida “G‘amxo‘rlik” guruhlarini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan devorlarini yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mahobatli rangtasvir (mural) bilan bezatish;
“Qalqon” yoshlar guruhlarining joylarda profilaktika inspektorlari bilan faol hamkorligini ta’minlash kabilar ko‘rsatib o‘tildi.