Ilk bora professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barqaror kelajak sari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2024-03-05 21:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 1-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barqaror kelajak sari” mavzusida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda loyihaning 9 ta professional ta’lim muassasasining 38 nafar o‘quvchilari taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. G‘oliblar sertifikat hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.