Vazir o‘rinbosari Xonobod shahrida bo‘lib, aholini tomorqadan samarali foydalanish, o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatlari bilan tanishdi
2025-03-11 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Safar davomida shahar va mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilma va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Aholining farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, Xidirsha va Yangi hayot mahallalarida bo‘lib, qurilish va betonlash jarayonlari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish hamda o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatlari o‘rganildi.
Xususan, Yangi hayot mahallasidagi hunarmandlar faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, usta va hunarmandlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Mahallada ishlab chiqarilayotgan tapchanlar loyihasi alohida e’tiborga olinib, hunarmandlarga zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Xidirsha mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishilib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Mazkur o‘rganishlar doirasida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar joyida muhokama qilinib, tegishli choralar belgilandi.