Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Muborak tumani hokimligi bilan kambag‘allikni qisqartirishdagi muammolarga ilmiy yechim berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
2025-03-10 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda Prezident farmoyishida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish va tumanda aholi bandligini oshirish uchun ilmiy-amaliy yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar natijasiga ko'ra Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining Muborak tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, Muborak tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faol ishtirok etishi belgilandi.
Shuningdek, ilmiy yondashuv asosida tumandagi muammolarga samarali yechim topish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Shu maqsadda magistr va doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlari mavzulari Muborak tumanining dolzarb muammolariga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan.
Bu esa hududiy rivojlanish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tashabbuslarni ilgari surish imkonini beradi.