Prezident qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi
2025-02-18 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastavval, mehmonlarga universitetdagi fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash hamda neft-gaz sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tanishtirildi.
Uchrashuv davomida universitet hamda “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, Dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Qo‘shma ta’lim dasturlarini samarali tashkil etish borasida kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish korxonalaridagi dolzarb muammolar asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Universitet mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan yechimlar taqdim qilinib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Mazkur tashrif va erishilgan kelishuvlar oliy ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilishi qayd etildi.