Tayanch doktorantlar oʻrtasida Prezident davlat stipendiyasi tanlovining soʻnggi saralash bosqichi oʻtkazildi
2024-12-27 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident davlat stipendiyasiga talabgorlarning 64 nafari belgilangan Nizomga muvofiq tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentyabrdagi PF-6309-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobar oshirilib, tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta etib belgilangan.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
Sogʻliqni saqlash (1 ta kvota)
Qishloq xoʻjaligi (1 ta kvota).
Tanlovga hujjatlar 2024-yilning 1-31-oktyabr kunlari stipendiya.edu.uz portali orqali 72 ta hujjat kelib tushdi. Shundan 68 nafar talabgorning hujjati qabul qilindi.
Nizomning 7-bandiga muvofiq talabgorlar 17-dekabr kuni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus test sinovlarini topshirdi. Test sinovlarida 68 nafar nomzoddan 64 nafari ishtirok etdi.
Tabiiy va aniq fanlar (10 ta)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (32 ta)
Texnika va texnologiya (13 ta)
Sogʻliqni saqlash (7 ta)
Qishloq xoʻjaligi (2 ta).