Sarhisob
2024-12-26 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil sarhisobi bilan tanishing.
OLIY TA’LIM SOHASIDA:
- 2024-yil davomida 11 ta oliygoh negizida 4 ta universitet hamda yangi 5 ta oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi uch yarim baravardan oshib, ushbu ko‘rsatkich 2016-yilgi 9 foizdan 39 foizga yetkazildi. Talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi;
- mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha (306 tadan 183 taga) maqbullashtirildi. 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dastur (sillabus)lari tasdiqlandi;
- Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularga biriktirilgan korxona va tashkilotlar bazasida o‘quv jarayoni dual ta’lim tizimi asosida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
- 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi;
- nufuzli “QS” xalqaro reytingida 2 ta oliygoh TOP-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU – 547-o‘rin, O‘zbekiston Milliy universiteti – 781-790-o‘rinni egalladi;
- Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. 3 ta oliygoh – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU 601-800 o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti 1 001-1 200 o‘rinni, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 501+ o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, 48 ta oliygoh reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi;
- QS Asia University Rankings-2025 reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliygohi kiritildi;
- 4 970 nafar professor-o‘qituvchilar xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi;
- oliygohlarga qabul “avval test, so‘ng tanlov” tamoyilida tashkil etilib, ajratilgan kvotalar doirasida bakalavriatiga 196 987 nafar, magistraturaga 12 404 nafar talabalar qabul qilindi;
- oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi;
- xorijiy investitsiya va kreditlardan 52 mln dollar, jumladan, tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalari doirasida 14 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi;
- davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish to‘liq raqamlashtirildi.
KASBIY TA’LIM SOHASIDA
- Kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqarolar 38 ta kasbga o‘qitildi;
- kasbiy ta’lim klassifikatori takomillashtirilib, 241 ta mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lmagan kasblar klassifikatordan chiqarildi, 24 ta yangi kasblar qo‘shildi. 12 ta BTEC kvalifikatsiyalari joriy etildi;
- 418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchilar (16 955 nafari qizlar) 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi. O‘quvchilarga korxonalarning 7 789 nafar mutaxassisi “Ustoz” sifatida biriktirildi
- 90 ta mutaxassisliklar bo‘yicha barcha texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etildi. 17 ta kasb bo‘yicha 4 ta davlatning xalqaro ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etildi;
- kasbiy ta’lim tashkilotlarning 12 131 nafar pedagoglari malaka toifasi baholanib, attestatsiyadan o‘tkazildi. Malaka toifasiga pedagog kadrlar ulushi 30 foizga yetkazildi;
- umumkasbiy va maxsus fanlardan 158 nomda 138 178 nusxadagi yangi o‘quv qo‘llanmalar nashr etilib, kasbiy ta’lim muassasalariga yetkazildi;
- umumta’lim maktablari o‘quvchilar uchun 58 ta kasbni o‘quv dasturlari ishlab chiqildi;
- Germaniya xalqaro jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda kasbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan umumta’lim maktabi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 40 ta videoroliklar hamda 7 ta qo‘llanma yaratildi.
ILM-FAN SOHASIDA
- “Scopus” va “Web of Science” bazalarida maqolalar soni 7 512 taga, “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 422 nafarga yetkazildi.
- oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul kvotalari soni 5 200 ga yetkazildi natijada jami ilmiy izlanuvchilar soni 22 180 nafarni tashkil etdi, 3 954 nafar tadqiqotchilar ilmiy daraja oldi;
- ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida 161,5 mlrd so‘mlik 291 ta yangi loyihalar moliyalashtirildi;
- ilmiy tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanib borish maqsadida 85 mlrd so‘mlik 44 ta ilmiy laboratoriya
asbob-uskunalari xarid qilib berildi; - yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadi 277 nafar yosh olimlar va tadqiqotchilar xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkaga yuborildi va ushbu maqsad uchun jami 21 mlrd so‘m yo‘naltirildi;
- hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma sub’ektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.