Ta’lim tizimida taraqqiyot istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
2024-12-20 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Erasmus+ Milliy ofislari va hamda ularning HERE ekspertlari, Erasmus+ loyihasi koordinatorlari, Tempus loyihasi ishtirokchilari, Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yig‘ilgan mehmonlarni hamkorlikning 30 yilligi bilan qutlab, konferensiyaning ahamiyati haqida to‘xtaldi.
“Qayd etib o‘tishim kerak, Erasmus+ dasturi doirasida 2024-yil biz uchun juda ham sermazmun va unumli bo‘ldi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida Yevropa Ittifoqi tomonidan 5 ta oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari (CBHE) moliyalashtirish uchun tanlab olindi, jumladan, 2 ta milliy va 2 ta hududiy loyihalar g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan barcha oliy ta’lim muassasalarini chin ko‘ngildan tabriklayman.” – dedi vazir.
Shundan so‘ng, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalaridan kelgan nufuzli mehmonlar va mutaxassislar mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Konferensiya tajriba almashish, samarali metodikalar, yutuqlar, tendensiyalar va muammolar haqida fikr almashish orqali oliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratildi. Shuningdek, tadbir davomida oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlar (HERE) ning 2024-yildagi faoliyatini umumlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish ham maqsad qilindi.
Konferensiya doirasida HERE va bir qator akademik nashriyotlar vakillari ko‘magida “Ilmiy axborot va nashriyot faoliyatiga kirish” an’anaviy ilmiy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tdi. Anjuman dasturiga muvofiq “ERASMUS+ doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari”, “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr etish faolligi, xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” kabi sessiyalarda muhokamalar olib borildi.