Vazir o‘rinbosari Oʻzbekiston-Xitoy hamkorlik boʻyicha ishchi guruh yigʻilishida ishtirok etdi
2024-12-15 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Ishchi guruh yig‘ilishida Xitoy Shinjon-Uygʻur avtonom tumani partiya qo‘mitasining doimiy qo‘mita a’zosi, Shinjon-Uygʻur avtonom tumani Xalq hukumati raisi birinchi o‘rinbosari Chen Veyszyun raislik qildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, Shinjon-Uygʻur avtonom tumani bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida vaziri oʻrinbosari “Oʻzbekiston – Xitoy biznes forumi” doirasida sohaviy bir qator masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo ilmiy-texnik hamkorlik markazi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda tomonlar Oʻzbekiston texnoparklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzbek mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, “Senter Netvork Teknolodji” kompaniyasi bilan oʻzbek-xitoy tarjimonlari uchun sunʼiy intellektdan foydalanuvchi maxsus platformani yaratish boʻyicha fikr almashdilar. Muzokara yakunida tomonlar ushbu loyiha boʻyicha oliy ta'lim tashkilotlarida qoʻshma ilmiy ishlar oʻtkazishga kelishib oldilar.