Vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2024-12-17 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Qoʻngʻirotboy Sharipov oʻz chiqishida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Shunday islohotlar orasida yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va xorijda malaka oshirish imkoniyatlari alohida oʻrin tutadi.
Tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, muammolarini yoritish imkoniyatiga ega boʻldilar. Vazir yoshlarning savollariga batafsil javob qaytarib, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, yosh olimlar va tadqiqotchilar oʻz ilmiy loyihalari hamda gʻoyalari haqida soʻzlab, ularni faoliyatda qoʻllash va joriy etishda uchrayotgan masalalar yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amaliy yechimlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fan, innovatsiya va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda yana bir muhim qadam boʻldi.