9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar o‘tkazil
2024-12-05 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbir korrupsiyani oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Seminarda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi yangi Qonunning ahamiyati va davlat xizmatlaridagi shaffoflikni ta’minlash uchun qo‘llanilayotgan raqamlashtirish texnologiyalari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, 2024-yilda amalga oshirilgan muhim ishlarga e’tibor qaratildi. Jumladan, 30 ta oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurash choralari, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari, anonim so‘rovnomalar va ijodiy tanlovlar tashkil etilgani qayd etildi. Bu yondashuvlar yoshlarda korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida korrupsiyani bartaraf etish uchun kelgusida amalga oshiriladigan reja va chora-tadbirlar belgilandi. Seminar ishtirokchilari korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullarini ishlab chiqish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.