Vazirlikda ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar uchun seminar tashkil etildi.
2024-12-04 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari ishtirokida vazirlikda ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar uchun seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida agentlik mutaxassislari vazirlikda ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishda ichki idoraviy tartib-taomillar, muammolar, ochiqlik indeksini shakllantirish, ochiqlikni monitoring qilish va reyting baholash tartibi, ijro muddatlari bilan bog‘liq masalalar haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, 2023-yil yakuni bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra Ochiqlik indeksida vazirlik qayd etgan koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, undagi natijani yaxshilash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
So‘ng seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollariga mutaxassislar javob berishdi