Asosiy kontentga o'tish

Rasmiy munosabat

2024-11-18 15:00:00 / Rasmiy munosabat

“Masofatalim” Telegram kanalining “Matbuot xizmatining vazifasi — rahbar obroʻyiga putur yetkazish emas” sarlavhali posti yuzasidan

Dam olish kuni boʻlishiga qaramay, vazirlik rahbariyati va xodimlari ish faoliyatini davom ettirishi baʼzi dolzarb masalalarni kechiktirmasdan hal qilish zarurati bilan bogʻliq. Shuni alohida taʼkidlash joizki, xizmat majburiyatlarini bajarishda muddat va rejalarni buzmaslik maqsadida ushbu amaliyot qoʻllaniladi.

Vazirlik faoliyati haqida ochiq va tezkor axborot yetkazish Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, ommaga eʼlon qilinadigan har bir xabarni tanqidiy koʻz bilan koʻrib chiqish va axborot berishning toʻgʻri vaqtini belgilash masalasida ham albatta eʼtiborli boʻlishimiz zarur.

Bildirilgan tanqidiy fikrlar uchun minnatdorchilik bildirgan holda, matbuot xizmatining ish jarayonlarini yanada takomillashtirish uchun ushbu masalalar tahlil qilinib, tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qilamiz.

27

Oxirgi yangilanish: 2024-12-03 17:57:25