E’lon
2024-08-19 20:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma: Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-oktabr sanasida to‘xtatiladi.
Attestatsiya jarayonlari yuzasidan savollar uchun bot:
👉@pedagog_supportbot
Ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma bu yerda: https://t.me/eduuz/25250