Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan malakali kadrlar tayyorlash loyihasi muhokama qilindi
2024-11-19 15:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Muzokara davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiya a’zolari bilan “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.
Shuningdek, JICA missiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ushbu loyiha yuzasidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti kabi qator tashkilotlar bilan olib borilgan muzokaralar davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar muhokama qilindi.
Mazkur loyihani kelgusida amalga oshirish maqsadida dastlabki hujjat sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida muzokaralar natijasi bo‘yicha hujjat imzolashga kelishildi.