Oliy ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-11-19 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
19-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari bilan oliy ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlikning departament va boshqarma rahbarlari, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi xodimlari qatnashdi.
Tadbirda Prezident topshiriqlari va davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish va nashrga tayyorlash ishlari, taʼlim dasturlarini TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida takomillashtirish hamda “Registrator ofisi” faoliyati samaradorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari hisobotlari eshitildi hamda ushbu yo‘nalishlardagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.