Xitoyda “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish” konferensiyasi o‘tkaziladi
2024-11-19 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Safarning birinchi kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar olib bordi.
Jumladan, “Basaltwool” kompaniyasi bilan qurilish sohasida hamkorlikda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlar olib borish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, Chunsin muhandislik kasb-hunar instituti raisi hamda “Jinkeming Education” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv doirasida O‘zbekiston-Xitoy kasbiy ta’lim forumini 2024-yil Xitoyda o‘tkazish, kasbiy ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, arxitektura va qurilish kabi sohalarda pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur loyihalarga Xitoyning yuqori texnologik kompaniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekistonda hududlarning ixtisoslashuviga mos yo‘nalish bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlovchi 14 ta kasbiy ta’lim tashkilotlari bilan Xitoy kollejlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, Elchixonada Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganliging 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talaba yoshlarga O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xorijning yetakchi oliy ta’lim muassasalarning bitirgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, yoshlar xorijdagi hayoti va ta’lim olish jarayonidagi tajribalari, erishgan yutuqlari va kelajakdagi orzulari to‘g‘risida o‘rtoqlashdi.