Vazir Xorazmdagi talabalar bilan uchrashib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
2024-11-18 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazir so‘zining avvalida davlatimiz rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ta’kidlaganidek, endilikda bosh vazifamiz quyi bo‘g‘inda, ayniqsa, tuman va shaharlarga chiqqan holda aholi bilan bevosita muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarini joyida hal etish bo‘ladi, — dedi.
Yoshlar bilan o‘tgan samimiy muloqotda ularning ta’lim sifatini oshirish, ish topish, turli loyihalarda ishtirok etish, yotoqxonalar sonini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish borasidagi savollariga javob berildi.
Shuningdek, yoshlarning innovatsion loyihalar, “Hemis” axborot tizimini takomillashtirish, talabalarni har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasbiy zo‘riqishning oldini olish maqsadida professor-o‘qituvchilar uchun maxsus sanatoriylar tashkil qilish hamda turizmni rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi. Xususan:
TATU Urganch filiali talabasi Xo‘jamurodov Bekmurod bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlash, ular bo‘yicha o‘qituvchilar bilan onlayn bog‘lanish uchun yaratilgan “Web platforma”ni barcha oliygohlarga joriy qilish;
Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Eniyazova Ruxsora 2012-yildan keyin to‘xtab qolgan respublika talabalar festivalini davom ettirish;
TTA Urganch filiali talabasi Ro‘zimatov Fazliddin professor-o‘qituvchilarni dam olishlari uchun sanatoriyalarga yuborish tizimini yo‘lga qo‘yish va OTMda onalar maktabini joriy etish;
Urganch davlat universiteti talabasi Davletova Dilnoza chiqindilardan foydalanib, presslangan, pardozbop qurilish materialini ishlab chiqarish o‘tkazish kabi takliflarni ilgari surdilar.
Talabalar tomonidan bildirilgan bir qator tashabbuslar vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Vazir Q.Sharipov “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati samaradorligini oshirish, turizm sohasida yangi g‘oyalar yaratish hamda biznes rejalar ishlab chiqish boʻyicha oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi.