O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi
2024-11-16 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, XXRning O‘zbekistondagi elchixonasining fan va ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chji Chjulin va boshqa rasmiy vakillar ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, shuningdek, universitetlararo hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, ushbu yo‘nalishlarda faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar ushbu konferensiya xitoyshunoslik sohasidagi fanlararo tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun institutsional platforma bo‘lib xizmat qilishi, jumladan lingvistik va uslubiy jihatlar, tarixiy-falsafiy tahlil, tarjimashunoslikning nazariy va amaliy masalalari, adabiyotshunoslik va manbashunoslik, shuningdek, zamonaviy “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbuslarini amalga tatbiq etish vazifalarini bajarishini ta’kidlashdi.
Anjumanning yalpi majlisidan so‘ng ish seksiyalarda davom ettirildi va forum yakunida fan va ta’lim sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda xitoyshunoslikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar umumlashtirildi.