Nukus davlat pedagogika institutida Ajiniyoz muzeyi tashkil etildi
2024-11-15 20:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlardan mashhur olimlar, professorlar, nuroniy ustozlar, adabiyotga ixlos qoʻygan yoshlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimi ishtirokchilari muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, uni tashkillashtirishda mehnat qilgan fidoiy insonlarga minnatdorlik bildirdi. Mehmonlar muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
Muzeyning ochilish marosimi “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusidagi millatlararo totuvlik hamda bagʻrikenglik bayramiga ulandi.
Ma’lumot uchun: Muzeyga tashrif buyuruvchilar Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻladi. Qoraqalpoq xalqining milliy kiyimlari, musiqa asboblari, uy-roʻzgʻor buyumlari, madrasalarda oʻqitilgan kitoblarning nusxalari shoir yashagan davr nafasini yuzaga keltiradi. Muzeyda eng asosiy koʻzga tashlanadigani – bu Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining shajarasi. Mazkur shajara institutning qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Marat Yesebayev tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi boʻlib, shu kungacha ishlangan shoir avlodlarining bir butun tizimlashtirilgan koʻrinishi hisoblanadi.
Shuningdek, muzeyning bir burchagi institut hayotiga bagʻishlangan boʻlib, bu yerda shu yil 90 yillik toʻyini nishonlayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi dastlabki oliy taʼlim muassasasi – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tarixi, buguni toʻgʻrisida soʻz yurituvchi eksponatlar, xronologik fotogalereyalar, institutni boshqargan rektorlarning portretlari bilan tanishish mumkin.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)