audio

    16+
    Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    Bahodir Ma’murov 1981-yil Buxoro shahrida tugʻilgan. U 2005-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi sport psixologiyasi, pedagogika fanlari doktori, professor.

    U o‘z mehnat faoliyatini 2005-yil Buxoro davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi sifatida boshlab, kafedra mudiri, fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    B.Ma’murov 150 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta monografiya, 8 ta  o‘quv qo‘llanma, 6 ta darslik muallifi, shuningdek, “Pedagogika” ensiklopediyasining mualliflaridan biri sanaladi.

    Tayinlovga qadar Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

    • view_icon 103
    : 2023-09-15 17:43:21