O‘zbekiston-Koreya: kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik
2024-10-31 20:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuvda yangi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish loyihasi”ning holati va undan kutilayotgan natijalar muhokama qilindi. Jumladan, kasbiy ta’lim muassasalarini 300 tadan ortiq kompyuter to‘plamlari, elektron doskalar hamda 3D printerlar bilan jihozlanishi, raqamli laboratoriya va VR shourumlari tashkil etilishi, zamonaviy o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilishi va o‘qituvchilarning malakasi oshirilishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Jahon banki ishtirokidagi “Oliy ta’limni transformatsiyalash, samarali boshqaruv va ta’lim sifatini ta’minlash” hamda “Iqtisodiy transformatsiya uchun professional ta’lim” loyihalari doirasida oliy ta’lim va kasbiy ta’lim muassasalarini AKT jihozlari bilan jihozlash, kasbiy ta’lim boshqaruvi elektron tizimi hamda ma’lumotlar bazasini yaratish kabi rejalar to‘g‘risida fikr almashildi.