Navoiyning ta'lim maskanlari: yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratilmoqda
2024-10-30 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida boʻlib turibdi.
Xizmat safari davomida vazir dastlab Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi. Q.Sharipov ushbu kampusni jahon andozalari va standartlariga toʻliq mos tarzda qurish boʻyicha mutasaddilarga oʻzining taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Shundan soʻng Navbahor tumanida yangi qurib bitkazilgan Navbahor 2-son politexnikumi faoliyati bilan tanishdi. Vazir texnikumda kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan muloqot qildi va ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha oʻzining samimiy fikrlarini bildirdi. Shuningdek, Qoʻngʻirotboy Sharipov politexnikumda ishlab chiqarish sohasi, dars oʻtish texnikasi, bu yerda hozirlangan sharoitlar bilan ham tanishib, kerakli maslahatlarini berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Navoiy viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.