Markaziy Osiyo davlatlari yosh yetakchilari poytaxtimizda jam boʻldi
2024-10-30 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
"Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish" mavzusida mintaqaviy anjuman oʻtkazilmoqda. Konferensiya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar elchilari, YIning Markaziy Osiyodagi delegatsiyalari, BMT va JSST, YXHTning Oʻzbekistondagi vakillari ishtirokida oʻtmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning 5 ta davlatidan yuqori salohiyatli lider yoshlar, xalqaro ekspertlar, olimlar va talaba-yoshlar poytaxtimizda jam boʻldilar.
Mintaqaviy konferensiya "Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo" Yoʻl xaritasini qoʻllab-quvvatlagan holda suv resurslarini boshqarishning muhim mavzulari boʻyicha fikr almashishda platforma vazifasini bajarmoqda.
Nordik universitetida davom etgan muloqotda iqlim barqarorligi va suv resurslarini boshqarish boʻyicha harakatlarda yoshlarning taʼsirini kengaytirishga ahamiyat qaratildi. Suvdan foydalanish samaradorligi, tejamkorlik va suv diplomatiyasi kabi manfaatli mavzular Markaziy Osiyo davlatlaridan jam boʻlgan yosh tadqiqotchilarning keng muhokamalariga sabab boʻldi.