Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
2024-10-21 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.
🎓 Texnikumlarda:
➖kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
➖boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;
➖boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;
➖o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
➖o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.