O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi
2024-10-28 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.
![O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fd5162331-daa3-d8aa-4dd8-f7cf6dcd5908_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Virtual akademiyada:
korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta’siri hamda boshqa bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Batafsil yuqoridagi infografikada