“Talaba — yugur” musobaqasining respublika final bosqichi tashkil etildi!
2026-10-03 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur musobaqa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
📌 Musobaqalar yiliga ikki mavsumda:
— “Kuzgi” mavsum — oktabr-noyabr oylarida;
— “Bahorgi” mavsum — mart-may oylarida o‘tkaziladi.
📊 “Kuzgi” mavsum doirasida:
🔹 10 ta hududda musobaqalar o‘tkazildi;
🔹 21 127 nafar talaba-o‘quvchi musobaqaga jalb etildi;
🔹 812 nafar professor-o‘qituvchi va xodim ishtirok etdi;
🔹 Musobaqalarni keng targ‘ib qilish maqsadida 178 ta maqola va e’lonlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand hududlarida musobaqalar 1-noyabrga qadar davom ettiriladi.
🏆Shuningdek, “Talaba — yugur” ommaviy yugurish musobaqasining “Bahorgi” mavsumi respublika final bosqichi bugun bo‘lib o‘tmoqda.
Final bosqichida yuqori natija qayd etgan eng kuchli ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.







