Shirin energetika kollejining 31 nafar ilk bitiruvchilari “ACWA POWER” kompaniyasida ish boshlaydi
2024-08-29 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “NOMAC”, “ACWA POWER” kompaniyalari, ish beruvchi korxona tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirlar kollej o‘quvchilari, ish beruvchilardan tuzilgan hakamlar hay’ati oldida 5 ta ish turi – “Cheklangan yopiq hududdan zararlangan odamlarni olib chiqish”, “Ikki tomonlama o‘chirib yoqish imkoniyatiga ega bo‘lgan 1 xonali elektromontaj ishlari”, “Suv nasoslarini ochib yopish va suv tizimini ishga tushirish”, “Suv nasosi klapanlarini qisimlarga ajratish va qayta yig‘ish”, “Rasmdagi jihozlar nomini ingliz tilida to‘g‘ri topib qo‘yish” bo‘yicha amaliy imtihonlarni topshirdilar.
Ma’lumot uchun, kollejni “NOMAC” “2+1” dasturi asosida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 31 nafar ilk bitiruvchi-yoshlari o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlashdi. Qolgan 52 nafar o‘quvchi kollejda ta’lim dasturini keyingi bosqichini davom ettiradilar.
Tadbir so‘ngida o‘qituvchi va bitiruvchilarga “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan maxsus sertifikat hamda qimmat baho sovg‘alar topshirildi.
Qayd etish joizki, “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan ishga qabul qilingan 31 nafar bitiruvchi mehnat faoliyatlarini Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “ACWA POWER” kompaniyasining quyosh va shamol stansiyalarida olib boradi.