Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qozog‘iston fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek bilan uchrashdi.
2024-08-07 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, joriy 2024-yilda Chirchiq shahrida ochilgan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti filiali hamda Olmaota shahrida Qozog‘iston milliy agrar universiteti bazasida tashkil etilgan “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining filiali faoliyatini kelgusida qo‘llab-quvvatlash bo'yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish masalasi har tomonlama muhokama qilindi.