Endilikda ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi
2024-08-05 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari
➖ Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.
➖ institutning asosiy vazifalari va yangi tuzilmasi tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan hukumatning 2012-yil 26-sentyabrdagi 278-son qaroriga va 2019-yil 23-sentyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ularga asosan:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.
Malaka oshirishning muqobil shaklini bajargan tinglovchilardan mutaxassislik bo‘yicha mahorat darsini o‘tib berish majburiyati olib tashlandi.
Masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga kurs yakunidagi test sinovlari hamda bitiruv (loyiha) ishi himoyasiga onlayn ishtirok etishga ruxsat berildi.
Xorijiy mamlakatlarda umumiy davomiyligi 4 hafta yoki 144 soat miqdoridan kam bo‘lmagan malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash muqobil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.
Xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar pedagogning mustaqil malaka oshirish shakli sifatida baholanadi.
Pedagoglar tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratilgan ijodiy ishlar mustaqil malaka oshirish shakli sifatida qabul qilinadi.
Yakka mualliflikda tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalar mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi.
Ilmiy rahbarligida DSc (yoki 2 ta PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarning himoya qilinganligi mustaqil malaka oshirish shakliga o‘tkazildi.