Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi doirasida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya huzuridagi Ilm-fan va ta’lim bo‘yicha quyi komissiyaning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2024-06-24 12:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yil 24-may kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika oliygohlari konferensiyasi” natijalari, jumladan O‘zbekistonning 6 ta oliygohida ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarni ikki tomonlama amaliy ijrosini doimiy nazorat qilib borishga kelishildi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolariga ajratib kelinayotgan ta’lim grantlari sonini yiliga joriy 800 tadan 1 mingtaga yetkazish hamda respublika uchun ustuvor muhandislik-texnika, tibbiyot va tibbiyot muhandisligi yo‘nalishlari uchun kvotalarni oshirish masalasi ishlab chiqilishini qayd etdi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktablarni yanada rivojlantirish, xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazish hamda ilg‘or ta’lim modeli va infratuzilmasini o‘rganish maqsadida “Letovo” maktabi bilan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishildi.