Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha loyiha muddati uzaytirildi
2024-05-10 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Koʻngʻirotboy Sharipov YUNESKOning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Sara Noshadi bilan uchrashdi. Tomonlar YUNESKO hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan «Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish koʻnikmalarini rivojlantirish» loyihasining amalga oshirilish holati va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan boʻlib, uning maqsadi qishloq xoʻjaligi sohasida tayyorlanayotgan kadrlar salohiyati, kasbiy koʻnikma va malakasini oshirishni takomillashtirishdan iborat.
Ushbu qoʻshma loyiha belgilangan muddatlarda toʻliq bajarilgan boʻlib, loyiha doirasida tejab qolingan mablagʻ hisobiga qoʻshimcha ishlarni amalga oshirish uchun ushbu loyihani yana 1,5-yilga , yaʼni 2026-yilga qadar uzaytirishga kelishildi.
Shuningdek, tomonlar 2024-yil 14-may kuni Toshkentda YUNESKO tomonidan oʻtkazilishi kutilayotgan taʼlim sifati mavzusidagi xalqaro konferensiyaning tashkiliy masalalarini muhokama qildilar.