Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
2024-05-08 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
➖ o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
➖ davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
➖ sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.
Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.