audio

    0+
    Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan tanishdi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda institut rahbariyati bilan muassasa oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

    Sh. Daliyev institutda talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha start olgan “Rektor kubogi” sport musobaqasi doirasidagi ilk o‘yindan so‘ng sportchi talabalar bilan suhbat qilib, ularning maydondagi o‘yinlarini e’tirof etdi. Talaba-qizlarning sport o‘yinlariga qiziqishini yanada oshirish, bu borada ularga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Institutda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Qalqon” guruhining faoliyati ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning institutda yoshlar masalalari bo‘yicha olib borilgan ishlar haqidagi axborotlari tinglandi.

    Mas’ullarga oliy ta’lim muassasasi talabalarining nutq va notiqlik mahoratini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va shaxsiy pozitsiyalarini faol qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy dunyoqarashini yanada kuchaytirish maqsadida “Interaktiv loyihalar” ishlab chiqish topshirig‘i berildi. 

    Shundan so‘ng, talaba-yoshlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi va ularning takliflari yuzasidan tegishli xulosalar berilishi qayd etildi.

    Shuningek, mutassadilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chatini o‘tqazib, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

     

    • view_icon 138
    : 2024-04-28 00:19:58