Oʻzbekiston va Xitoy hukumatlari Ilm-fan va texnologiyalar quyi qoʻmitasining navbatdagi 6 yigʻilishi oʻtkazildi
2024-04-24 16:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Yigʻilishda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida keng rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari va davlatlar oʻrtasida ilm-fan, innovatsiyalar sohasida erishilgan yutuqlar hamda kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuvda 2021-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Xitoy hukumatlari Ilm-fan va texnologiyalar quyi qoʻmitasining 5-yigʻilishi yakunlari boʻyicha ikki mamlakat tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar eʼtirof etilib, hamkorlikning yuqori darajada rivojlanishi ikki mamlakat olimlari va mutasaddilarining katta yutuqlari ekanligi aytilib oʻtildi.
Uchrashuv soʻngida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida kelgusi ikki yillik hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.