audio

    0+
    Oʻzbekistonning uchta oliy taʼlim muassasasi Ufa davlat neft texnika universiteti bilan memorandum imzoladi

    2024-yilning 22-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu uchrashuv Rossiya madaniyat va fan markazining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi binosida boʻlib oʻtdi va unda ikki mamlakatning yetakchi taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov oliy taʼlim va fan sohasidagi xalqaro hamkorlikning muhimligini alohida qayd etdi. Rossiya madaniyat va fan markazining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Irina Staroselskaya Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish lozimligini taʼkidladi.

    Tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Qoraqalpogʻiston meditsina instituti, Fargʻona politexnika instituti hamda Ufa davlat neft texnika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur memorandumlar ikki mamlakat universitetlari oʻrtasida taʼlim va ilmiy faoliyatlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan.

    • view_icon 44
    : 2024-04-23 17:17:24