audio

    0+
    Xorijiy hamkor davlatlar bilan amaliy loyihalar muhokama qilindi

    Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Ta’lim vazirlarining sakkizinchi majlisida qatnashish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda Moskva shahrida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

    Mazkur xalqaro tadbirda qatnashish doirasida vazir o‘rinbosari ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi qator masalalarni muhokama qilish uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim vazirliklari rahbariyati bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Uchrashuvlarda oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini o‘tkazish bo’yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

    • view_icon 25
    : 2024-04-20 12:20:51