audio

    0+
    Qoraqalpog‘istonda “Aral Sea Eco Race” musobaqasi o‘tkaziladi

    18-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida tabiatni muhofaza qilish va Orol dengizini qayta tiklashga qaratilgan ko‘chat o‘tqazish va bog‘ tashkil etish maqsadida “Aral Sea Eco Race” eko-marafoni o‘tkaziladi.

    Eko-marafonning umumiy masofasi 2 km ni tashkil qiladi. Ishtirokchilar daraxt ekish maydonchasigacha 1 km masofani bosib o‘tishadi. Har bir ishtirokchining shaxsiy raqamiga o'ziga xos chip o'rnatilib, u daraxt ekish faktini qayd etadi. Shundan so'ng, ishtirokchilar boshlang'ich nuqtaga qaytadilar (masofa 1 km). Finish chizig‘ida har bir ishtirokchi tabiatni tiklash loyihasidagi ishtiroki uchun ramziy daraxt ko‘rinishidagi medal bilan taqdirlanadi.

    Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan 3 nafar erkak va 3 nafar ayol esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

    Eko-marafonda har kim ishtirok etishi mumkin. Marafonda qatnashish uchun https://prorun.uz/competition-detail-present/29 havolasi orqali ro'yxatdan o'tish kerak.

    “Aral Sea Eco Race” eko-marafoni nafaqat salomatlik va jismoniy faollikni mustahkamlash, balki atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va uni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga undaydi.

    • view_icon 89
    : 2024-04-15 10:26:17