audio

    0+
    “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasida ishtirok eting!

    30-mart kuni “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir "World Zero-Waste day" munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

    30-mart kuni “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir "World Zero-Waste day" munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan tashkil etilmoqda. 

    Aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlarda soat 10:00da start oladi. Tadbir davomida hududlar chiqindilardan tozalanadi.

    Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

    — Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;
    — Toshkent shahri — Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida;
    — Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, “Yangi Hayot” MFY, Buyuk kelajak ko‘chasida;
    — Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, “Toqchilik” MFY va Uchtepa dahasini bog‘lovchi katta yo‘l yoqasida;
    — Samarqand viloyati — Samarqand shahri, “Hishrav” qo‘rg‘onida;
    — Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY, Amir Temur ko‘chasida;
    — Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘ining eski qal’a devori bilan tutash hududida;
    — Surxondaryo viloyati — Boysun tumanida;
    — Xorazm viloyati — Urganch shahri, “Amir Temur” istirohat bog‘ida;
    — Qashqadaryo viloyati — viloyat markazidagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘i hududida;  
    — Andijon viloyati — Andijon tumani, “Yangi Andijon” massivida;
    — Namangan viloyati — To‘raqo‘rg‘on tumani, “Baxt” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida;
    — Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, “Satkak” dam olish ziyoratgohida;
    — Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri, “Do‘stlik kanali” bo‘yi dam olish maskanida.

    Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni xalqaro chiqindisiz dunyo uchun ekoaksiyasida faol ishtirok etishga hamda yurtimiz ozodaligiga hissa qo‘shishga chaqiramiz!

    • view_icon 227