audio

    0+
    Buxorodagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i”da 6 mingga yaqin daraxt ekildi

    Buxoro viloyatidagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” hududida ommaviy daraxt ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat ekologiya boshqarmasi va viloyat hokimligi mas'ullari, keng jamoatchilik vakillari, talabalar, yosh eko-faollar ishtirok etdi.

    Buxoro tumanidagi “Bogʻidasht” mahalla fuqarolar yig’ini hududida ajratilgan 40 gektar maydonda barpo qilinayotgan bog'da 6 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Shuningdek, bogʻ hududida favvoralar, sport maydonchalari, bolalar oʻyingohi va boshqa obyektlar qurilib, aholining madaniy hordiq chiqarishiga mo‘ljallangan maskanga aylantirilmoqda. 

    Maʼlumot uchun, Buxoro viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 9 million 700 ming  tup daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirga qadar esa 9 million tupdan ortiq daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

    • view_icon 140