audio

    0+
    Chirchiq daryosida noqonuniy baliq oviga chek qo‘yildi

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan 25-martdan 26-martga oʻtar kechasi noqonuniy baliq ovining oldini olish maqsadida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    body_image

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan 25-martdan 26-martga oʻtar kechasi noqonuniy baliq ovining oldini olish maqsadida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazildi. 

    Tadbir davomida Quyichirchiq tumani "Qoʻrgʻoncha" qoʻrg‘oni hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosining chap qirgʻogʻida fuqarolar E. X. va B. J. tomonidan noqonuniy usulda, ya'ni aylana toʻr yordamida baliq ovlanayotganganligi aniqlanib, holatga chek qo‘yildi. Huquqbuzarlik natijasida 204 bosh baliq ovlanib, bu orqali tabiatga 20 million 774 ming so‘m zarar yetkazilgan.

    Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, kerakli chora ko‘rilishini ta'minlash maqsadida sud organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda. Ovlangan baliqlar esa 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatiga begʻaraz topshirildi.

    • view_icon 205
    : 2024-03-27 12:02:48