Qum-shag‘alni noqonuniy qaziganlar katta miqdorda tovon to’laydigan bo’ldi
2024-12-16 12:00:00 / Yangiliklar
Reyd davomida fuqarolar A.S, S.A, F.K, F.Y., U.Y. va J.O. tomonidan o‘z boshqaruvidagi yuk mashinalari yordamida noqonuniy ravishda tumanning «Tomdibuloq» OFY hududidan qum-shag‘allar hech qanday ruxsatsiz noqonuniy yuklab olib ketilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami bazaviy hisoblash miqdorining 120 baravari – 45 million so‘m jarima qo’llanildi. Shuningdek, qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga jami 83 million 700 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Huquqbuzarlar qilmishlari uchun jami 128 million 700 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Qolaversa, tegishli yuk transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.