audio

    0+
    O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlari roʻyxati ishlab chiqildi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha roʻyxati” ishlab chiqildi.

    Ro‘yxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-son Farmoniga muvofiq tuzildi va  va 2024-yilning 25-iyunida tasdiqlandi. 

    Roʻyxatda plastmassalar, qogʻozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyatorlar, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi boʻyicha kod raqamlari va belgilar qoʻyilgan. Zaruratga qarab majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 476-son qarorini hisobga olgan holda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxati 12 oydan keyin kuchga kiradi.

    Ta'kidlash joizki, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.

    • view_icon 516
    : 2024-08-08 16:48:03