XXRning O‘zbekistondagi elchisi va Ummon sultonligi vaziri Samarqanddagi ko‘rgazmaga tashrif buyurdi
2024-05-10 16:25:00 / Yangiliklar
![XXRning O‘zbekistondagi elchisi va Ummon sultonligi vaziri Samarqanddagi ko‘rgazmaga tashrif buyurdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F318ab478-706a-17f2-1702-02ddb317fd06_lists_slider_11295.jpg&w=3840&q=75)
Ma'lumot uchun, 18-aprel — "Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni" munosabati bilan “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi ochildi. Shu kuni universitet qoshidagi “Art Station” sanʼat galereyasida “Samarqand — milliy drama teatri beshigi” koʻrgazmasi ham ish boshladi.
Yuqori martabali mehmonlarga ko‘rgazmaning ahamiyati, unda namoyish etilayotgan topilmalar, suratlar haqida va boshqa muhim ma'lumotlar berildi. Bu ularda ijobiy taassurot qoldirdi.
Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasi Arabiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha boʻlgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalarni o‘z ichiga olgan. “Samarqand — milliy drama teatri beshigi” koʻrgazmasi esa 1924-yildan 1937-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi va teatr jamoasining sahna ortidagi hayotini aks ettiruvchi suratlarning qayta nashrlari, arxiv hujjatlar, Sora Eshontoʻrayeva va Abror Hidoyatovga tegishli shaxsiy buyumlar, jumladan, liboslar, rekvizitlar va bezaklardan iborat.