Daraxtlarga shikast yetkazgan fuqaro 17 mln so‘m jarimaga tortildi
2024-05-10 11:55:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Qarshi tumani "Mang‘it" MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga haydab, ko‘chatlarni shikastlantirganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. B. BHMning 50 baravari — 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.