“Digital.uz Chess Cup” — IT sohasidagi eng kuchli aql egalari uchun tayyor maydon!
2025-04-03 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Shaxmat – bu faqat o‘yin emas. Bu strategiya, tezlik va fikrlash aniqligi, aynan bizning IT-hamjamiyatimizda qadrlanadigan fazilatlar.
2025-yilning 3-may kuni “Digital.uz Chess Cup” musobaqasini boshlaymiz. Bu oddiy musobaqa emas — bu aql, jasorat va intellektual kuch sinovidir. Bu yerda eng kuchli fikrlar to‘qnashadi.
Menimcha, bu turnir har bir IT mutaxassisi uchun ilhom bag‘ishlaydigan, birdamlik va hamjihatlikni his qilishga undaydigan noyob voqea bo‘ladi.
Nima uchun ishtirok etishingiz kerak?
Shaxmat taxtasida jiddiy raqobat – 9 ta raundda 5+3 format — fikrlash tezligi, aniqlik va sabr sinovidan iborat bo‘ladi
G‘oliblar uchun qimmatbaho sovrinlar
Yangi tanishuvlar, yangi imkoniyatlar
Kimlar ishtirok eta oladi?
Har bir kompaniya kamida 2 oy ishlagan 2 nafar xodimdan iborat bitta jamoa shakllantiradi
Musobaqada Raqamli texnologiyalar vazirligining barcha tashkilotlari, IT-Park rezidentlari va boshqa IT ekotizim vakillari qatnashadilar
Sana: 2025-yil 3-may
Manzil: Xalqaro shaxmat akademiyasi
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 20-aprelgacha
Shaxmat orqali o‘zingizni sinab ko‘ring!
