VEON kompaniyalar guruhi bosh direktori bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2025-03-07 09:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Barselona shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda “VEON Group” kompaniyasi bosh direktori Kaan Terzioglu o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
“VEON Group” kompaniyasi uchrashuvda kelajakda mobil aloqasi yo‘nalishida hamkorlikni yanada kuchaytirish, O‘zbekistonning aloqa tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘z navbatida, mamlakatda raqamli xizmatlarning rivojlanishi bilan Internetga ulanish ko‘lami oshib borayotganini hisobga olgan holda zarur infratuzilma bilan ta’minlash, aholiga xizmatlar ko‘lamini oshirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro ma’lumot markazlarini rivojlantirish loyihalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2025 yil 21-22 may kunlari Toshkent shahrida “Mobile 360 Eurasia 2025” xalqaro anjuman va ko‘rgazmasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.