“O‘zbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi
2024-12-19 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning bugungi kuniga qadar agentlik tomonidan ekologiya yo‘nalishida olib borilgan kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud yekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd yetilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar), Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar), Buxoro viloyatida 92 ta (91b7 gektar), Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar), Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar), Qashqadaryo viloyati 81 ta (79b3 gektar), Andijon viloyati 180 ta (42 gektar), Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar), Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar), Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar), Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar) va Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).
Qayd yetish lozim, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.