MAVSUM OLDI PROFILAKTIK TADBIRLAR
2025-02-09 14:45:00 / Yangiliklar
![MAVSUM OLDI PROFILAKTIK TADBIRLAR](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F9e0b5944-c4f1-7932-965e-f6f39f8b0b4b_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Sanoat xavfsizligi, liftlar va istirohat bog‘i attraksionlarini nazorat qilish boshqarmasi mutaxassisi A.Rashidov ishtirokida “Toshkent xayvonat bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatida jamityat raxbariyati, tashkilotning muhandis-texnik va operator xodimlariga shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga “Madaniyat va istirohat bog‘laridagi attraksionlardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash, xavfsizlik qoidalari buzish va ularning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirokchilarga Hukumat tomonidan yangitdan qabul qilingan "Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni va Attraksionlarni hisobga olish hamda ularning davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi va boshqa texnika xavfsizligiga oid normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi. Xususan, mavsum oldi profilaktik tadbirda yangi qabul qilingan texnki reglamentga asosan endilikda O‘zbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek ularda xavfsizlik bo‘yicha chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llanishi va bajarilishi lozim bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi. Shuningdek, reglamentda attraksionlar reglament talablariga muvofiq bo‘lgan va muvofiqlik protsedurasidan o‘tgan taqdirda muomalaga kiritilishi nazarda tutilgan. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, FVV, Energetika vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Attraksionlarning davlat reestrini yuritish maqsadi ularning ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek ro‘yxatga olingan attraksionlar va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi tizimli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va saqlashdan iborat. Reestrni yuritish qo‘mitaga yuklanadi va quyidagi protseduralarni o‘z ichiga oladi: ro‘yxatga olish raqamini ko‘rsatish orqali attraksion to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish; attraksion to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy yangilab borish yoki ularni reestrdan o‘chirish. Tadbirda ishtirokchilarga mutaxassis tomonidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar mazmun mohiyatidan kelib chiqadigan savollarga atroflicha javoblar berildi. Bu kabi mavsum oldi tadbirlar reja va murojaatlar asosida izchil davom ettiriladi.