Asosiy kontentga o'tish

Bo'sh ish o'rinlari

 

1.Mehnat standartlari bo`limi boshlig‘i

Talablar:

Ma`lumoti boʻyicha: Oliy, bakalavriat darajasidan kam boʻlmagan ma`lumot. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga afzallik beriladi.

 Mutaxassisligi boʻyicha Yurisprudensiya; Iqtisodiyot; Mehnat staji bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan, shundan sohada yoki davlat va xalqaro tashkilotlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.

Tilni bilishi Davlat tilini bilishi. Rus tilida so‘zlashishni bilishi (rus tilida hujjatlarni tayyorlaydigan nomzodlarga afzallik beriladi). Xorijiy tillarni bilishi bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik beriladi (rus tilidan tashqari).

Ish tajriba bo‘yicha mehnat qonunchiligi va mehnatga haq to‘lash hamda mehnat normalari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi; mehnat munosabatlari, kasb standartlari bo‘yicha xorijiy tajribadan xabardor bo‘lishi; kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Office Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida mukammal ishlashi); ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

 Shaxsiy talablar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; sudlanmagan bo‘lishi; mehnatsevar, rahbarlik fazilatlari bo‘lishi, mas’uliyatli, fikrini to‘liq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlariga ega bo‘lishi..

Ish tartibi: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

Shtat birligi: 1 shtat birligi.

Majburiyatlar: Lavozim majburiyatlarini bajarish.

2. Lavozim nomi: Mehnat muhofazasi bo‘limi bosh mutaхassisi

Talablar:

Ma’lumoti boʻyicha: Oliy, bakalavriat darajasidan kam boʻlmagan maʻlumot. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga afzallik beriladi.

 Mutaxassisligi boʻyicha Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi; mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi; gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi; texnologik soha.

Mehnat staji bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan, shundan aholi bandligi sohasida yoki mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sohasida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.

 Tilni bilishi Davlat tilini bilishi. Rus tilida soʻzlashishni bilishi (rus tilida hujjatlarni tayyorlaydigan nomzodlarga afzallik beriladi). Xorijiy tillarni bilishi boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlganda afzallik beriladi (rus tilidan tashqari).

Ish tajriba bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi; Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiya va tavsiyalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi; mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, mehnat gigiyenasi sohasidagi xorijiy tajribadan xabardor bo‘lishi; kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Office Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida mukammal ishlashi); ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

Shaxsiy talablar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi; sudlanmagan boʻlishi; mehnatsevar, rahbarlik fazilatlari boʻlishi, masʻuliyatli, fikrini toʻliq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlariga ega boʻlishi

Ish tartibi: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

Shtat birligi: 1 shtat birligi.

Majburiyatlar: Lavozim majburiyatlarini bajarish.

 

  Sana: 05/09/2024

 

 

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlari hamda hududiy tashkilotlar rahbarlik lavozimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan nomzodlarni belgilangan tartibda lavozimlarga ishga gabul gilish hamda xodimlarni boshqa lavozimga o'tkazish bo'yicha tanlov komissiyasi
 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati hamda vazirlik nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq mustaqil tanlov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida

 

3544

Oxirgi yangilanish: 2024-09-12 15:54:25